Toshkentga giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

08:36 05 Yanvar 2022 Jamiyat
1001 0

Joriy yilning 3-yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan osoyishtalik posbonlari “Spark” rusumli avtomobilni toʻxtatishdi. Avtomobilni tekshirish chogʻida haydovchiga tegishli sellofan parchaga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda borligi aniqlandi. U mazkur giyohvandlik moddasini poytaxtga olib kelib oʻtqazmoqchi boʻlgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Bektemir tumani IIOFMBga olib borib topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер