Toshkentdan Urganchga qatnovlar 2 karra oshiriladi
Mahalliy reyslarning 95 foizi “Havo yoʻllari” va “Silk avia” aviakompaniyalariga toʻgʻri keladi. Qolgan 14 ta reysni 4 ta mahalliy aviakompaniya amalga oshirayapti.
Sababi, ichki reyslar jozibador emasligi uchun xususiy kompaniyalar asosan xorijga qatnayapti. Ichki bozorda raqobat boʻlmagani uchun, Toshkent-Urganch yoʻnalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmat.
“Bu holatda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyohlar ham boshqa davlatga borishni afzal koʻradi”, — dedi Prezident.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga xususiy kompaniyalarni jalb qilib, Toshkentdan Urganchga qatnovlarni 2 karra oshirish topshirildi.
Barcha rezident kompaniyalarga ichki reyslarni subsidiyalash boʻyicha qaror ishlab chiqib, kiritish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, dam olish kunlari poyezdlar tarkibiga qoʻshimcha vagon ulab, yoʻlovchi tashishni 1,5 barobarga koʻpaytirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring