Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda oʻgʻrilar ushlandi
“Uzbekistan Airways” ning Malayziyaga uchgan reysida oʻgʻrilikka urinish sodir boʻldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgust Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan aviaqatnovda yoʻlovchilarning qimmatbaho buyumlari oʻgʻirlangan. Samolyot Malayziyaga yetib kelgach, politsiya chaqirilgan.
Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirgan va jarayonda barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari esa shu joyning oʻzida ushlanib, politsiya xizmatiga olib ketilgan.
“Uzbekistan Airways”ning taʼkidlashicha, bunga oʻxshash holatlar koʻplab aviakompaniyalar bilan sodir boʻladi.
“Kompaniya ham bunday hodisalarga qarshi qattiq kurashni qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu yoʻnalishda huquqni muhofaza qilish organlari va belgilangan mamlakatlarning migratsiya xizmatlari bilan birgalikda ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.
Aviakompaniya shuningdek, yoʻlovchilarning qoʻl yuki uchun javobgar emasligini eslatgan. Yoʻlovchilar qimmatbaho buyumlari va pul mablagʻlarini oʻzida saqlashi, qoʻl yuklarni oʻrindigʻi tepasiga yoki ostiga joylashtirishi kerakligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring