Toshkentdagi jamoat transportlarida yoʻlkira narxlari oshadi
2025-yil 1-yanvardan poytaxt jamoat transporti yoʻnalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) soʻm etib belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilingan.
Qayd etilishicha, bunda toʻlov elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilganda hozirgidek oʻzgarishsiz qoladi — 1 700 soʻm.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahri yoʻnalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yoʻlkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta (3000 soʻm evaziga) xarid qilish kerak boʻladi.
Shuningdek, almashish tariflari faqat ATTO transport kartasida mavjud boʻlib, ushbu transport kartasidan foydalanuvchi yoʻlovchilar 1 soat davomida avtobusdan uchinchi va toʻrtinchi marotaba harakatlanishlari mutlaqo bepul boʻladi.
Bundan tashqari, koʻp martalik — 2, 5, 7 kun amal qiladigan tarif rejalari ham joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring