Toshkentdagi uylardan biri yonib ketdi

17:19 08 May 2025 Jamiyat
209 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 8-may kuni Mirobod tumani Sarakul koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yuz bergan.

Yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga soat 14:40 da xabar berilgan. Shunga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:50 da yetib borib, 14:57 da alangani qurshab olgan va oradan 7 daqiqa oʻtib yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер