Toshkentdagi restoranlardan birida mijozlar ommaviy zaharlandi

Illyustrativ foto
Toshkentdagi “Muhteshem Doner” restoranida ommaviy zaharlanish yuz berdi, 23 nafar jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 5-6-7-sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar shaxs (22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga) murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ularning barchasi 2024-yilning 5-sentyabr kuni “Muhteshem Doner” kafesida ovqatlangan. Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 11-sentyabr kuni soat 18:00 holatiga koʻra ularning 11 nafariga uylariga ruxsat berilgan.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovga koʻra, hozirgi vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring