Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchi o‘z sinfdoshini pichoqlab qo'ydi

01:06 14 Noyabr 2021 Jamiyat
1465 0

Mazkur holat yuzasidan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

11-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 191-maktabning ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi o‘zaro janjallashib, biri ikkinchisini pichoq bilan urgan. Bu haqda shahar ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik maktab hududida boshlangan, keyin esa tashqarida davom etgan. Pichoq orqali jarohatlash taxminan soat 11:30 da sodir bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?