Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30-yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Turkmaniston Prezidentining yaqinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining boʻlajak yigʻilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni samarali ilgari surish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring