Toshkentdagi koʻp qavatli uyda yongʻin yuz berdi

Videodan kadr
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan koʻp qavatli binoda yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB hodisa yuzasidan birlamchi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27-mart kuni soat 12:06 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Iftixor koʻchasida joylashgan, koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:10 da yetib borib, 12:29 da yongʻinni qurshab olgan va 2 daqiqadan soʻng alanga toʻliq oʻchirilgan.
FVBga koʻra, yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring