Toshkentdagi koʻchalardan biri yarim yilga yopiladi

18:27 01 Aprel 2025 Jamiyat
146 0

Toshkent shahridagi koʻchalardan biri yarim yilga (sentyabr oyigacha) yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Olmazor tumanidagi Qorasaroy koʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

  • Yopiladigan qism: Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan kesishgan joydan Nurafshon koʻchasi bilan kesishgan joygacha.
  • Ishlarni bajarish muddati: 2025-yil 2-apreldan sentyabr oyigacha.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, oʻz yoʻllarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi”, deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер