Toshkentdagi bozorlarda yaroqlilik muddati oʻtib ketgan mahsulotlar aniqlandi

12:58 18 Aprel 2025 Jamiyat
128 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahridagi bozorlarda muddati oʻtgan mahsulotlar savdoga qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.

Poytaxtdagi «Yunusobod», «Aviasozlar», «Sergeli» va «Navroʻz» dehqon bozorlarida yaroqlilik muddati oʻtib ketgan yoki muddati koʻrsatilmagan mahsulotlar savdoga qoʻyilgani maʼlum boʻldi.

Natijada, yaroqsiz mol va tovuq goʻshtlari, ularning qiymalari, ishlab chiqarish muddati oʻtgan dudlangan kolbasa va sosiskalar hamda isteʼmolga yaroqsiz sut-tuxum mahsulotlari, banan va tuzlamalar rastalardan olib tashlangan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi boʻyicha jami 403 ta murojaat kelib tushgan. Shunga koʻra, 45 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, tadbirkorlarga majburiy koʻrsatmalar berilgan. 22 million soʻmlik sifatsiz mahsulotlar savdodan olib tashlanib, isteʼmolchilarga yetkazilgan zarar qoplandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер