Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

13:13 09 Iyun 2024 Welcome to uzbekistan
1014 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod etilgan.

Qayd etilishicha, poytaxtda koshinkor qadamalarni saqlab qolish va ularni toʻsib turgan reklama qurilmalaridan xalos etish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Hammasi boʻlib 70 dan ortiq mozaika, ulardan 40 dan ziyodi aprel oyidan iyunning boshigacha tashqi toʻsiqlardan holi qilingan. Eng soʻnggi reklama banneri Beruniy koʻchasi, 2-uy binosidan yechilgan.

Biz keng jamoatchilikka oʻz minnatdorchiligimizni izhor etib, mozaikalar haqidagi maʼlumotlarni mosaic@acdf.uz elektron pochta manziliga yuborish mumkinligini eslatib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.

«Газета.uz»нинг Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga tayanib yozishicha, boshqarma 2021-yildan buyon mozaikalarni asrab-avaylash muammosi bilan shugʻullanib keladi. Kampaniya boshlanishida mutaxassislar hujjatlarni toʻplashgan, mozaikalarni oʻrganishgan, ilmiy ekspert maslahatlarini oʻtkazishgan va pannolarni Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritishgan.

Joriy yilning mart oyi oxirida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental sanʼat yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Ulardan 117 tasi poytaxtda. Mozaikalarning aksariyati, roʻyxatga koʻra, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan.

Hukumat qaroridan soʻng, apreldan iyungacha Toshkentda 40 dan ortiq pannolar reklamadan ozod qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер