Toshkentdagi ayrim avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi

02:01 28 Mart 2025 Jamiyat
249 0

Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan poytaxtdagi ayrim avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 28-mart sanasidan boshlab amaldagi 190-sonli “Yangibozor ASHB — Mashinasozlar metrosi” yoʻnalishi Yangi Oʻzbekiston koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Soʻng oʻzining avvalgi yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettiradi.

Buyruq bilan 137-sonli avtobus yoʻnalishi endi Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yoʻli koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi. “Istiqbol mahallasi — Qoʻshqoʻrgʻon mahallasi” yoʻnalishi nomi “Yangi Toshkent bekati — Qoʻshqoʻrgʻon mahallasi” deb oʻzgartiriladi.

Shuningdek, yangi 197-sonli “Oʻzbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati” yoʻnalishi tashkil etiladi. Ushbu yoʻnalish Maxtumquli va Yangi Oʻzbekiston yoʻli koʻchalari orqali harakatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?