Toshkentdagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosiga darz ketdi
Foto: Kun.uz
Bugun, 9-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 1-son shahar klinik shifoxonasi binosi darz ketgani hamda uning 2-qavat balkon qismi qulab tushgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Bildirishicha, mazkur holat kecha, 8-iyul kuni shahar 1-son klinik shifoxonasining 5 qavatli binosi 2-qavatida kuzatilib, oqibatda binoning balkon qismi tagidagi toʻsinga darz ketgan.
Shundan soʻng shifoxona xodimlari bu haqda darhol Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlariga maʼlumot berilib, boʻlimda davolanayotgan bemorlarning bir qismi vaqtincha binoning boshqa tarafiga ehtiyot chorasi sifatida koʻchirilgan.
““Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti ekspertlari tomonidan bino toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi. Oʻrganish natijasida inshootning zararlanish holati faqat lokal xarakterga ega ekanligi, darz ketish balkon qismigagina taalluqliligi yuzasidan xulosa berildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, muassasa bosh shifokori Sodiq Alimov yuqoridagi holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi. Unga koʻra, binoga zarar yetmagan va hozirda shifoxona toʻliq oʻz vazifasini bajaryapti.
“Birorta bemor shifoxonadan chiqartirilgani yoʻq. Xavotirga oʻrin yoʻq”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring