Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahri Olmazor tumanida MAN rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 1-iyun kuni soat 11:31 da Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yoʻli koʻchasida MAN rusumli avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 11:35 da yetib borib, soat 11:39 da yongʻinni toʻliq oʻchirdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan shahrida “Nexia-3” rusumli avtomobil yoʻl-transport hodisasiga uchrab, yonib ketishi oqibatida 19 yoshli haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring