The Telegraph: AQSH Ukraina tiklanishi uchun 800 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda

12:20 11 Yanvar 2026 Dunyo
157 0

AQSH va Ukraina mamlakatni tiklash boʻyicha qiymati 800 milliard dollarga teng boʻlgan kelishuvni tuzishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshlarining maʼlum qilishicha, kelishuvni 19–23-yanvar kunlari oʻtadigan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida imzolash rejalashtirilgan. Ayni forum doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Zelenskiy mazkur kelishuvni, jumladan xavfsizlik masalalarini ham qamrab olgan holda, Oq uyda muhokama qilishni rejalashtirgan edi. Biroq Yevropa hamkorlari uchrashuvni aynan forum maydonida oʻtkazishni taklif qilgan.

Rejaga koʻra, 10-yil mobaynida kreditlar, grantlar hamda xususiy kompaniyalar investitsiyalari orqali taxminan 800 milliard dollar jalb etilishi koʻzda tutilgan. Ukraina hukumati AQSHning mamlakat iqtisodiyotini tiklashdagi ishtirokini Vashington tomonidan xavfsizlik kafolatlari taqdim etilishi ehtimolini oshiradi, deb hisoblamoqda.

Kutilmoqdaki, ushbu dasturga dunyodagi eng yirik investitsiya guruhi hisoblangan BlackRock ham qoʻshiladi. Kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?