Toshkentda yosh bola yongʻin sodir boʻlayotgan uy ichida qolib ketdi
Foto: FVV
Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarning birida yuz bergan yongʻin ichida qolib ketgan bolaning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15-avgust kuni soat 13:04 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Koʻxna Choʻponota MFY Chilonzor 13-mavzeda joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻlgan.
Chaqiruvga koʻra 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:29 da bartaraf etilgan.
Yongʻinni bartaraf etish vaqtida yongʻin joyida bir nafar bola borligi aniqlangan.
“Zudlik bilan FVV qutqaruvchilari tomonidan bola qutqarilib, hayoti saqlab qolindi va tibbiyot xodimlariga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin oqibatida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring