Toshkentda yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari savdosi toʻxtatib qolindi

14:59 22 Yanvar 2026 Jamiyat
328 0

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “P.” MCHJga tegishli dorixona sotuvchisi fuqaro N.X. sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan 490 turdagi dori vositalarini savdoga qoʻygani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер