Toshkentda “Yangi O‘zbekistonda qadriyatlar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
2025-yil 1-may kuni Toshkent shahrida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonda qadriyatlar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Anjumanda 9 ta xorijiy davlatdan ekspertlar, davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, akademik hamjamiyat va siyosiy partiyalar vakillari — jami 70 nafarga yaqin mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, madaniy va ma’naviy islohotlar tahlil qilinib, milliy qadriyatlar transformatsiyasi, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalari muhokama etildi. Xalqaro ekspertlar milliy qadriyatlarni saqlagan holda globallashuvga moslashish muhimligi va O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ishlar samarali yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlashdi.

Anjumanda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy kamolotini ta’minlash, kitobxonlik va milliy merosni targ‘ib qilish, oila institutini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

Ekspertlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlarni yuqori baholab, mamlakatni barqaror va inklyuziv taraqqiyot sari yetaklovchi muhim qadamlar sifatida qayd etdilar. Konferensiya yakunida milliy qadriyatlarni saqlash va demokratik jamiyatni mustahkamlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.





















Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring