Toshkentda yangi yoʻlovchi avtobuslari sotib olinadi
2022-2025-yillarda yoʻlovchi tashish transportini yangilash, yangi “yashil” zamonaviy avtobuslar xarid qilish rejalashtirilgan.
Maʼlum qilinishicha, transport tizimini tizimli modernizatsiya qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda 590 ta avtobus xarid qilinadi:
90 ta katta sigʻimli avtobuslar (12 metr) MAN CNG;
200 ta oʻrta sigʻimli (8,5 — 9 metr) saz LE60;
300 ta katta elektr avtobuslari (12 metr).
2023-yilda — 253 ta avtobus:
53 ta katta sigʻimli elektr avtobuslari (18 metr);
100 ta katta sigʻimli (12 metr) MAN CNG;
100 ta katta sigʻimli elektr avtobus (12 metr).
2024-2025-yillarda 100 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilgan:
100 ta katta elektr avtobuslari (12 metr).
Qayd etilishicha, yangi avtomashinalar xarid qilish uchun 3 trillion 96 milliard 855 million soʻm yoʻnaltiriladi.
Xabar qilinishicha, xaridlar Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari asosida xususiy investorlar tomonidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring