Toshkentda yana bir jahon chempionati oʻtkaziladi
Toshkent 2027-yil qilichbozlik boʻyicha Jahon chempionatini qabul qiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressida 2027-yilgi kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi maʼlum qilindi. Musobaqa 2027-yil 20-28-iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar oʻrtasida jahon reytingini peshqadam sifatida yakunlagan sablyachimiz Fernanda Errera ham mukofotlandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining kongressida rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tashkilot prezidentligiga saylangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring