Toshkentda viloyatliklarni haqoratlagan qashqadaryolik yigit qamaldi

22:55 07 Mart 2025 Jamiyat
254 0

Videodan kadr

Toshkent shahriga viloyatdan kelganlarni turli qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qilgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bugun, 7-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan.

Maʼlum boʻlishicha, viloyatliklarni turli xil soʻzlar bilan haqorat qilib, ulardan Toshkentga kelmasliklarini soʻrab, video olgan yigitlardan biri Qashqadaryo, ikkinchisi esa Samarqand viloyatida tugʻilgan. Sud hujjatlarida keltirilishicha, mazkur video 28-fevral kuni suratga olingan va 1-mart kuni ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

Sud majlisida yigitlar ushbu videoni olishdan maqsad birovni kamsitish boʻlmagani, uni shunchaki turli shevalarni taqlid qilish maqsadida olishgani va videotasvir Instagramʼga joylanganidan 4 soat oʻtib oʻchirilganini bildirgan. Shuningdek, ular aybiga toʻliq iqror boʻlgan va qilgan ishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi holat takrorlanmasligini aytib, yengillik soʻragan.

Sud qaroriga koʻra, sudlanuvchilar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va ularga shu modda bilan nisbatan 10 (oʻn) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?