Toshkentda turizm va mehmondoʻstlik sohasiga bagʻishlangan GEW-2022 VI Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi
Bugun, 12-dekabr kuni Toshkentdagi TEAM universitetida “GEW-2022” VI Global tadbirkorlik haftaligi (Global entrepreneurship week) boshlandi. Bu yilgi haftalik “Turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi tadbirkorlik” mavzusiga bagʻishlanmoqda.
Haftalikning ochilish marosimida Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari Nusratilla Zikrillayev, GEN Uzbekistan direktori Hikmat Abdurahmonov, Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Zehavit Ben-Hillel, TEAM universiteti bosh direktori Abdurasul Yusupov, TEAM universiteti dekani Erdogan Ekiz, shuningdek, davlat idoralari, tijorat tashkilotlari, universitetlar, moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, talabalar va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirok etmoqda.
Tadbirda soʻzga chiqqan Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari Nusratilla Zikrillayev Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov nomidan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
“Maʼlumki, turizm sohasi davlatimiz rahbari tomonidan Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilanib, sayohatlarni ragʻbatlantirishning “cashback” va “tax-free” tizimlari, shuningdek, biznesni yuritish tartib-qoidalarini soddalashtirish.mexanizmlari joriy etilmoqda.
Tadbirkorlik haftaligi axborot almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar, turizm va mehmondoʻstlik sohasida yangi oʻsish nuqtalari va yoʻnalishlarini aniqlash uchun muhim maydondir”.
Tadbir davomida Hikmat Abdurahmonov, Zehavit Ben-Hillel va Abdurasul Yusupovlar yosh tadbirkorlarga maʻruzalar qilishdi va oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida “Oʻzbekistonda turizm va mehmondoʻstlikni boshqarish sohasidagi hozirgi tendentsiyalar va istiqbollar: hukumat, biznes hamjamiyat va investorlar nuqtayi nazari” mavzusida panel muhokamasi va “Samarqand turistik forumi turizm sohasida fikr almashish uchun rivojlanayotgan platforma sifatida” mavzusida taqdimot boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Taʻkidlash kerakki, Oʻzbekistonda ushbu tashabbus GEN Uzbekistan tomonidan oltinchi bor tashkil etilmoqda va haftalikning asosiy tashkilotchilari va mezbonlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda TEAM universiteti hisoblanadi.
Maʻlumot uchun, haftalik davomida 10 dan ortiq tadbirlar: muhokamalar, treninglar, mahorat darslari va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etiladi.
“GEW-2022” 6-Global tadbirkorlik haftaligi 16-dekabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring