Toshkentda tadbirkor ayollar haftaligi oʻtkaziladi
Joriy yil 15 — 19-noyabr kunlari poytaxtimizda “Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga muvaffaqiyatli yondashuvlar: Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati tajribasi” mavzusida tadbirkor ayollar haftaligi oʻtkaziladi.
“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan ushbu haftalikda xotin-qizlarning huquqiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda ishbilarmon doiralar va biznes hamjamiyatning oʻrni, gender tengligi, kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrni va tadbirkor ayollarning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda yurtimizning ishbilarmon ayollari bilan bir qatorda davlat va nodavlat tashkilotlari, xorijiy tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari, bir necha mamlakat elchilari, xorijiy biznes ekspertlar, Ukraina, Isroil davlatlari tadbirkorlik uyushmalari, ilmiy tadqiqot va xalqaro moliya institutlari, sugʻurta muassasalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring