Toshkentda sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.I. va fuqaro D.T. fuqaro U.Sh.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 ming 600 quti xirurgiya igna ipini 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Tezkor tadbir davomida, ularning yonidan sotish uchun olib kelingan umumiy bahosi 214,5 million soʻmlik 23 turdagi 13 ming 621 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring