Toshkentda shifoxonalar uchun yoʻllanmalarni pullash bilan shugʻullanganlar qoʻlga tushdi
Illyustrativ foto
Toshkentda fuqarolarga shifoxonalar uchun imtiyozli yoʻllanmani pullash bilan shugʻullanib kelganlar qoʻlga tushdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro G.M. “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan “ishonchli” tanishlari yordamida poytaxtdagi har qanday shifoxonaga 1,5 – 2 million soʻm evaziga davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma tayyorlab berishini muntazam eʼlon qilib kelgan.
Holat boʻyicha vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi tomonidan joriy yil 12-avgustda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilib, ushbu fuqaro, uning sheriklari va bir necha tibbiyot xodimlari qoʻlga olindi.
Oʻrganish jarayonida G.M.ning sherigi, fuqaro M.Q.ning yonida M.G.ga tegishli yoʻllanma borligi aniqlangan. Ularning yonidan Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanish uchun beriladigan orderlar ham topilgan.
Maʼlum boʻlishicha, yoʻllanmani rasmiylashtirish maqsadida laborator va instrumental tahlil va bemor tibbiy kartasidan koʻchirmalarga Shayxontohur tumanidagi oilaviy poliklinikalarning birida ishlayotgan shifokorlarning imzosi va muassasa muhri qoʻyilgan.
Holat yuzasidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida poytaxtimizdagi oilaviy poliklinika va boshqa muassasalar masʼul shaxslaridan hamda tibbiyot xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Hozirgi paytda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish hamda dastlabki tergov harakatlari olib borish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring