Toshkentda SHHT forumining XIX yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yigʻilishi 5-iyun kuni Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi maʼlum qildi.
Agentlik xabariga koʻra, forum «Yangi sharoitlarda SHHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yoʻlidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish» mavzusi ostida oʻtkaziladi.
Yuqori darajali tadbirda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, SHHTga aʼzo davlatlar milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, SHHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotlarning muloqot boʻyicha hamkorlari mutaxassislari, SHHT Kotibiyati rahbariyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir kun tartibi SHHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan uchta — asosiy sessiya, zamonaviy rivojlanish bosqichida SHHT samaradorligini oshirish va SHHT forumi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokamasini oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring