Toshkentda salkam 110 ming dona noqonuniy va yaroqlilik muddati oʻtgan ichimliklar saqlanayotgan omborxona fosh etildi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi omborxonada katta miqdordagi yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlar aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida Toshkent shahrida spirtli va salqin ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi 2 ta xususiy korxonaning Yashnobod tumanida joylashgan omborida katta qismining yaroqlilik muddati oʻtgan, umumiy qiymati 429 million 629 ming soʻmlik 79 172 dona salqin ichimliklar hamda 134 million 845 ming soʻmlik 3 374 dona spirtli ichimliklar saqlanayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, omborda kirim hujjatlariga ega boʻlmagan, qiymati 1 milliard 187 million. soʻmlik, mahalliy va xorijdan keltirilgan 25 746 dona turli xil spirtli ichimliklar mavjudligi ham aniqlandi.
Tekshiruv davomida salqin ichimliklarning asosiy qismining yaroqlilik muddati maxsus suyuqlik yordamida oʻzgartirilib, sotuvga chiqarish uchun tayyorlab qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.
Oʻz navbatida, yaroqlilik muddati oʻtgan va kirim hujjatlariga ega boʻlmagan ichimliklar sifatini tekshirish yuzasidan ekspertiza tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring