Toshkentda Rishton kulolchilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Unda noyob namunalar namoyish etiladi

22:54 10 Sentyabr 2021 Madaniyat
1244 0

Fargʻona vodiysining mashhur kulolchilik markazi – Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik markazi ochildi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tomonidan “Rishton kulolchiligi” kitob-albomi tayyorlandi. Uning taqdimoti Madaniy meros haftaligi va “Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi renessans poydevori” V Xalqaro Kongressi doirasida boʻlib oʻtadi.

Anʼanaviy Rishton naqshlari oddiy buyumlarga oʻziga xos va betakror koʻrinish baxsh etadi. Naqshlar uchun ishqor va maftunkor koʻk-oq-yashil ranglarning uygʻunligidan foydalaniladi.

Kitob-albom taqdimoti va koʻrgazmaning ochilishi 12-sentyabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?