Toshkentda qiymati 10 mlrd soʻmlik giyohvandlik vositalari boʻlgan “narkolaboratoriya” fosh etildi

Foto: Bobur Toʻlaganov / Telegram
Toshkent shahriga kuchli taʼsir qiluvchi psixofaol dori vositalarini yetkazib beruvchi yirik “narkolaboratoriya” faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur Toʻlaganov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida poytaxtning Shayxontohur tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan 80 mingdan ortiq odamni zaharlashi mumkin boʻlgan, qora bozordagi qiymati 10 milliard soʻmga teng, giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dorilar ishlab chiqarilishining oldi olingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda mamlakatga Tojikiston hududidan olib oʻtilgan jami 111 kilogramm narkotik modda musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring