Toshkentda “Paynet” terminalini oʻgʻirlashga uringan yigitlar qoʻlga olindi
Uchtepa tumanida uch nafar yigit “Paynet” terminalini oʻgʻirlashga urindi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, 3-avgust kuni “Beshqayragʻoch” koʻchasida oʻrnatilgan terminalni oʻgʻirlashga urinish haqida tuman IIBga xabar kelib tushgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, gumondorlar qoʻlqop va bosh kiyim kiyib, Tracker avtomobilining davlat raqamlarini yechib tashlagan. Ular terminalni mashina bagajiga yuklashga uringan, ammo apparat yerga tushib ketgan. Shovqin fuqarolar eʼtiborini tortgani uchun ular terminalni tashlab, hodisa joyidan qochib ketgan.
IIBB xodimlari tez orada A.Sh., T.F. va Z.Z.ni qoʻlga olgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-modda orqali 169-moddasi (Oʻgʻirlik qilishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring