Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Bugun, 7-dekabr kuni Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati start oldi. Ayni daqiqalarda mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisi Botir Zokirov, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi rahbarlari, koʻp sonli muxlislar va musobaqada ishtirok etayotgan delegatsiyalar qatnashishdi.
Marosim avvalida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqidagi videorolik mehmonlarga taqdim qilindi. Shundan soʻng sahnalashtirilgan turli badiiy chiqishlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring