Toshkentda nomaʼlum shaxslar bankomatdan salkam 400 million soʻm oʻmardi

09:21 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
1277 0

Toshkentda nomaʼlum shaxslar bankomatni buzib, 396 million soʻm oʻmardi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, poytaxtning Olmazor tumanida 9-oktabrdan 10-oktabrga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxslar banklardan birining bankomatini ochib, 396 million 300 ming soʻmni olib chiqib, gʻoyib boʻlishgan.

Shundan soʻng, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Koʻrilgan choralar davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlinmasi xodimlari oʻgʻirlikda gumon qilinayotgan 4 nafar shaxsni aniqlab, qoʻlga olishdi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?