Toshkentda “MINEX Central Asia 2025” forumi tashkil etildi
Foto: Azizbek Tashqorayev/“Xalq soʻzi”
Joriy yilning 24-25-iyun kunlari Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida “Kritik mineral resurslar xavfsizligida Markaziy Osiyoning rolini oshirish” shiori ostida “MINEX Central Asia 2025” forumi tashkil etildi.
Ushbu tadbir Togʻ-kon va geologiya vazirligi hamda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati tashabbusi bilan oʻtkazilmoqda.

Forumning ochilish marosimida MINEX Forumining Ijroiya qoʻmitasi raisi Artur Polyakov, Togʻ-kon va geologiya vazirligi vakillari, Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati boshqaruv raisi Farhod Abdullayev va bir qator rahbarlar soʻzga chiqib, forumni tantanali tarzda ochib berishdi.

Shundan soʻng, ijroiya qoʻmitasi raisi tomonidan forum tashabbuskorlari boʻlgan Oʻzbekiston togʻ-kon va geologiya vazirligi hamda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatiga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbirning asosiy mavzularidan biri “Oʻzbekistonning kritik minerallar taʼminotidagi global yetakchiligini mustahkamlash” boʻldi. Unda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati masʼullari tomonidan TMKning qazib olish, qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalashdagi roli va bu orqali samaradorlikka erishish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, forumda mintaqaviy hamkorlik, infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish va mahalliy miqyosda qoʻshilgan qiymat yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlash joiz, “MINEX Central Asia 2025”da AQSH, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Avstriya, Belgiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Turkiya, Rossiya, Kanada kabi 21 ta mamlakatdan kelgan 200 dan ortiq diplomatik missiyalar, xalqaro kompaniya vakillari, xalqaro investorlar, ishbilarmonlar, geologiya sohasining nufuzli ekspertlari ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring