Toshkentda metro xodimidan pul undirib kelgan shaxs ushlandi

Foto: “Toshkent metropoliteni”
Toshkent shahrida metropoliten xodimidan pul undirib kelgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati xodimlari tomonidan avval Jinoyat kodeksining 166- (talonchilik) va 169-moddalari (oʻgʻirlik) bilan sudlangan fuqaro M.A. “Harakat” xizmati “Qoʻyliq” bekati navbatchisi A.A.ning shaxsiy hayotiga tahdid qilgani va zoʻravonlik yoʻli bilan uni qoʻrqitib, 500 ming soʻm miqdori pul talab qilgani toʻgʻrisida maʼlumot olingan. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi IIV Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlariga xabar berilgan.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati bilan hamkorlikda kecha, 10-aprel kuni oʻtkazilgan tadbirda fuqaro M.A. metropolitenning “Harakat” xizmati bekat navbatchisi A.A.dan “Qoʻyliq” metro bekatida tovlamachilik yoʻli bilan navbatdagi 500 ming soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda M.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring