Toshkentda masjidni xususiylashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

16:31 02 Iyul 2018 Jamiyat
3624 0

Toshkentda masjidni xususiylashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Nosirov Shuhrat va uning ukasi Nosirov Shavkat huquqni saqlash organlari tomonidan qo‘lga qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlanishicha, aka-uka Nosirovlar Do‘mbirobod mavzusida joylashgan “Nosirxon” masjidining ustavi, muhri va boshqa hujjatlarini olib ketib, masjid nomini o‘zgartirishga va uni o‘z nomlaridan boshqarishga harakat qilishgan.

Undan tashqari, Nosirovlar ushbu mavzeda istiqomat qiluvchi boshqa fuqarolarning uylarini qo‘rqitish va tazyiq yo‘li bilan olib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.

Xabarga ko‘ra, Nosirov Shuhrat Shukurillayevich, jinoyat olamidagi laqabi — Shuhrat “Domrabadskiy”, 1957 yilning 27 aprelida Toshkentda tug‘ilgan. Hibsga olinganiga qadar Chilonzor tumanining Naqqoshlik, ko‘chasi 42-uyda yashab kelgan.

Nosirov Shuxrat 1993 yilda, firibgarlik, o‘g‘irlik, va transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlarda ayblanib 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2016 yilning avgustiga qadar qamoqda bo‘lgan.

Nosirov Shavkat Shukurillayevich 1956 yilning 15 oktyabrida tug‘ilgan. Oldin sudlanmagan. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasida 44-uyda vaqtincha yashab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер