Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi
Toshkentning Nukus koʻchasida Malibu-2 rusumli mashina YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, xodimni sudrab ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, mashina davlat raqami belgilarisiz, mashinasiga qoʻshimcha jihozlar oʻrnatib harakatlangan. Transport vositasining barcha oynalari qoraytirilgan boʻlgan.
Haydovchi YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, xodimni mashina kapotida taxminan 1,5 kilometrga sudrab ketgan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida qoidabuzar toʻxtatilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring