Toshkentda kuzatilgan chang boʻroni natijasida 19 mingga yaqin isteʼmolchi elektrsiz qoldi
Illyustrativ foto
Toshkentda 17-may kuni kuzatilgan kuchli shamol va chang boʻroni natijasida 19 mingga yaqin isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoʻlda oʻchirilgan. Natijada, Toshkent shahrida 8 500 ta va Toshkent viloyatida 10 300 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan.
Shundan soʻng, 18-may yarim tunga qadar olib borilgan ishlar natijasida 15 035 ta isteʼmolchining elektr taʼminoti qayta tiklandi. Tonggi soat 8:20 ga qadar esa elektr taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar toʻliq bartaraf etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring