Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “G.» MCHJga qarashli dorixonaning norasmiy sotuvchisi F.E. xaridorga 2 dona «Regapen», 1 donadan «Selofen» hamda «Tropikamid» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini jami 180 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 114 dona «Regapen», 107 dona «Selofen», 92 dona «Zardeks», 68 dona «Tebantin» va 9 dona «Tropikamid» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring