Toshkentda koʻchada janjallashgan 6 kishi qoʻlga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi va bir nechta shaxslar oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 9-fevral kuni Uchtepa tumani, Yusuf Sakkokiy mahallasi hududida 25 yoshli “Isuzu” haydovchisi N.A., uning yoʻlovchisi 21 yoshli X.N. hamda 33 yoshli S.S., 36 yoshli O.S., 20 yoshli S.A., 17 yoshli A.A. tortishib qolib, janjallashib ketishgan.
Janjal vaqtida yuk avtomashinasining yoʻlovchisi X.N. temir jism bilan fuqaro O.S. ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring