Toshkentda kino sanʼatiga ixtisoslashgan maktab ochiladi

20:55 14 Yanvar 2021 Madaniyat
1433 0

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan kino haftalikning toʻrtinchi kuni “Kino – tarbiyaning zamini” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston xalq artisti, professor Munojot Yoʻlchiyeva, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori Xushnud Nazarov, Oʻzbekiston xalq artisti, professor Turgʻun Azizov, Sanʼatshunoslik fanlari doktori, kinoshunos Nigora Karimova, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, kinoshunos Oybek Kopadze va boshqa shu kabi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida kino taʼlimini yana-da rivojlantirish, umumtaʼlim maktablariga professional kinoijodkorlar nomini berish, Toshkent shahrida kino sanʼatiga ixtisoslashgan zamonaviy maktab qurish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер