Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi. Taʼlim jarayoni joriy oʻquv yilidan boshlanadi
Prezident qarori bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi.
Qarorga koʻra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda oʻzbek tili va Oʻzbekiston tarixi oʻqitiladi.
Quyidagilar Filialning asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:
Dramaturgiya;
Prodyuserlik (turlari boʻyicha).
Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yoʻlga qoʻyiladi.
Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.
Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring