Toshkentda yoʻl tirbandligini kamaytirish uchun maktab avtobuslari yoʻlga qoʻyilishi taklif etildi
Foto: Arxiv surat
Toshkentda yoʻllardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida maktab avtobuslarini yoʻlga qoʻyish taklifi ilgari surildi. Bu masala 12-avgust kuni boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Toshkent shahri kengashida muhokama qilingan.
Sessiya ishtirokchilaridan biri 25-maydan keyin poytaxt koʻchalari ancha boʻshab qolishini, chunki ota-onalar farzandlarini taʼlim muassasalariga olib borishdan toʻxtashi natijasida harakat sezilarli darajada yengillashishini qayd etgan.
Uning taʼkidlashicha, qator xorijiy davlatlarda maxsus tizim yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, unda maktab avtobuslari yoki shattllar belgilangan hududdan oʻquvchilarni olib ketadi.
— Agar 20–30 bola bitta avtobusda kelsa, bu yoʻllarda 20–30 ta shaxsiy avtomobilning kamayishi demakdir. Demografik holat va bolalar sonidan kelib chiqib, bu katta strategik qadam boʻlishi mumkin. Shu masalani Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda muhokama qilish va amalga oshirish kerak, — degan sessiya ishtirokchisi.
YHXB boshligʻi oʻrinbosari Elmurod Alimovning aytishicha, masala oʻrganilgan, ammo loyiha amalga oshirish jarayonida qator qiyinchiliklarga duch keladi.
— Hozir Toshkent maktablariga faqat poytaxtdan emas, balki Toshkent viloyatidan ham keladiganlar bor. Viloyatning 15 tumani bor, shu joylardan ham bolalar olib kelinadi. Masalan, Yunusobod tumaniga qoʻshni tumanlardan oʻquvchilar keladi. Hamma yaxshi maktablarga berishga intilgani uchun bir hududdan bolalarni yigʻish qiyin boʻladi. Lekin taklifni yana oʻrganamiz, — degan Alimov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring