Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi
Joriy yil boshidan beri qayd etilgan biroz pasayishdan soʻng, fevral oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida faollik yana oʻsishni boshladi. Belgilangan pasayish toʻliq tiklandi. Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining shu yoʻnalishdagi tahlilida aytilgan.
Fevral oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori faollikning oʻsishi bilan ajralib turdi, uning asosiy omili iqtisodiy faoliyatning kengayishi boʻldi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha 22,2 mingta shartnoma tuzilgan. Oʻtgan oyga nisbatan bu koʻrsatkich 2%ga oshgan.

Hududiy reyting yetakchilari
Yil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida toʻliq tiklandi. Yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent – 14%, Andijon – 16% va Fargʻona – 13% viloyatlarida qayd etildi.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
Uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayishi kuzatildi. Yanvar oyida ijara bozori 2,2%ga pasaygan boʻlsa, fevral oyida esa 1,1%ga pasayib, 1 kv.m. uchun 8,9 dollarni tashkil etdi.
Yillik hisobda ijara haqining eng koʻp pasayishi Olmazor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 13%dan 18%gacha qayd etildi.
Eʼtiborlisi, Bektemir va Shayxontohur tumanlarida oylik ijara haqi oshdi, bu yerda uy-joyni ijaraga olish mos ravishda 3,5% va 2,5%ga qimmatlashdi.
Ijara haqining eng katta pasayishi Yashnobod tumanida 6,3% va Chilonzor tumanida 5,7%ga qayd etildi.
Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Bu tumanlarda uy-joyni ijaraga olish oʻrtacha kv.m. uchun 11 dollarga tushadi.
Nisbatan arzon uy-joy ijarasi Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda va kv.m. uchun 6 dollardan 8 dollargacha oʻzgarib turadi.
Ikkilamchi bozorda narx parametrlari

Fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozori 0,8%ga oʻsdi. Yillik hisobda ikkilamchi narxlar 14,1%ga oshdi.
Eng sezilarli oʻsish Toshkent – 26,0%, Buxoro – 24,1% va Andijon – 24,0% viloyatlarda qayd etildi.
Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi bir oy davomida 1,6%ga oshib, 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar 2%dan 6%ga oshgani qayd etildi.
Shu bilan birga, Bektemir va Uchtepa tumanlarida ikkilamchi uy-joylar mos ravishda 1,1% va 0,4% ga arzonlashdi.
Umuman, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori yil davomida 17,3%ga oʻsdi. Shu bilan birga, oʻsish surʼatlarining 2,7 foiz punktiga pasayishi kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring