Toshkentda ikkita tuman aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

11:51 05 Oktyabr 2021 Jamiyat
712 0

Shayxontohur tumanining Sebzor va Nurafshon koʻchalari chorrahasida D-89 mm oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash rejalashtirilgan. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar berdi.

Shu munosabat bilan 5-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Kuxota mahallasidagi 180 ta turar-joy binolariga, Sebzоr mahallasidagi 2 ta koʻp qavatli uylarda 198 ta xonadonga va 9 ta koʻp qavatli uylarda 208 ta xonadonga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Bundan tashqari, D-57 mm gaz quvurini Olmazor tumanining Eski Shahar mahallasi hududida joylashgan mavjud oʻrta bosimli gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2021-yil 5-oktyabrda soat 10:00 dan 18:00 gacha Eski Shahar mahallasidagi 255 ta turar-joy binolariga va bu manzilda 7 ta ulgurji isteʼmolchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?