Toshkentda “Howo” yuk mashinasi harakatsiz turgan “tracker” bilan toʻqnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Howo” rusumli yuk mashinasi yoʻl chetida turgan “Tracker” avtomobili bilan toʻqnashgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 28-iyun kuni soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani “Txay” koʻchasida “Howo” rusumli yuk avtomobili va yoʻl chetida harakatsiz turgan Tracker rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur yoʻl transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
“Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring