Toshkentda hokim yordamchisi oʻz onasini ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi boʻlib ishlagan shaxsning oʻz onasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” holatga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov bilan bogʻlandi.
Bildirilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi xonadonlarning birida sodir boʻlgan voqea oqibatida 65 yoshli М.И. ismli ayol turli xil tan jarohatlari olgan. Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, fuqaro М.И.да aniqlangan tan jarohatining ogʻirlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, boshqa bir mustaqil manba hozirda hokim yordamchisi ishdan boʻshash boʻyicha ariza yozganini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring