Toshkentda ham qalbaki pullar muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi

13:20 22 Fevral 2026 Jamiyat
373 0

Videodan kadr

Toshkent shahrida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, qalbaki boʻlgan 100 AQSH dollari kupyurali 10 ming AQSH dollari, 100 ming soʻm kupyurali 10 million soʻm va 50 ming soʻm kupyurali 5 million soʻm pullarni haqiqiy 5 500 AQSH dollariga sotishini aytgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u pul vositasi hisoblanmaydigan kupyuralarni 5 500 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiy shahrida qariyb 20 ming dollar qalbaki pullarni sotmoqchi boʻlganlar ushlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер