Toshkentda haydovchi ikkita avtobus orasida qolib halok boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahar Sergeli tumanida 37 yoshli haydovchi ikkita avtobus oʻrtasida qolib ketishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20-dekabr kuni taxminan soat 16:56 larda “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufida boʻlgan “Yutong CNG” rusumli, 55-yoʻnalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi 55 yoshli I.A. (mehnat faoliyati 35-yil, korxonada 1,5 boʻlgan) avtobusni Sergeli tumani Xonobod koʻchasi boʻylab boshqarib kelib, temiryoʻl kesishmasida poyezd oʻtayotgani sababli toʻxtatib turgan.
Shu vaqtda uning orqasida toʻxtab turgan “12-avtobus saroyi” filialiga tegishli “Yutong CNG” rusumli, saroy raqami 126-boʻlgan avtobus haydovchisi 37 yoshli E.R. (mehnat faoliyati 17-yil, korxonada 1-yil) avtobusni qoʻl tormoziga qoʻymasdan pastga tushib avtobus oldiga oʻtgan. Shundan soʻng, avtobus oʻz inersiyasi bilan yurib ketib, haydovchi E.R.ni siqib qoʻygan. Oqibatda baxtsiz hodisa sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, mazkur baxtsiz hodisa “12-avtobus saroyi” filiali haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida sodir boʻlgan va haydovchi E.R. voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu hodisa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tomonidan rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring