Toshkentda yer choʻkishi oqibatida avtobus harakatdan toʻxtab qoldi

12:23 15 Sentyabr 2025 Jamiyat
106 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yer choʻkishi oqibatida avtobus harakatdan toʻxtab qoldi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun 15-sentyabr kuni 05:40 larda 101-yoʻnalishdagi MAN rusumli avtobus Mirzo Ulugʻbek tumani Gulsanam koʻchasi boʻylab harakatlanib kelib TTZ bozori bekatiga toʻxtagan. Bu vaqtda shu hududda taʼmirlash ishlari olib borilib, suv quvurlari oʻtkazilgan va suv oqib chiqishi tufayli yer choʻkishi kuzatilgan.

Oqibatda yoʻlning qatnov qismi avtobusning ogʻirligini koʻtara olmasdan transport vositasining oʻng tomoni yerga choʻkib, harakatdan toʻxtab qolgan.

Shundan soʻng voqea joyiga “5-Avtobus saroyi” filiali rahbari va masʼul xodimlar zudlik bilan yetib borib, avtobusni yerdan olib chiqish choralarini koʻrgan va soat 10:10 larda avtobus choʻkish joyidan olib chiqilgan. Mazkur hodisa oqibatida yoʻlovchilarga tan jarohati yetmagan.

Qayd etilishicha, hozirda avtobus soz holatda boʻlib, sanitar holati tartibga keltirilib, qayta yoʻnalishda xizmat koʻrsatish uchun tasarruf etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер